Ganglioblokatorlar, gangliolitiklar, ganglioplegik dorilar — asosan vegetativ gangliylarda nerv qoʻzgʻalishining sinapsdai oʻtishini susaytiradigan moddalar. G. simpatik va parasimpatik gangliylarda bir neyrondan ikkinchi neyronga impuls oʻtishini susaytiradi, natijada arterial tomirlarda qon bosimi pasayadi, periferik tomirlarda (mas, oyoq tomirlarida) qon yurishi tezlashadi, meʼdadan shira chiqishi kamayadi, meʼda-ichak harakati susayadi va hokazo Bunday dorilarga benzogeksoniy, pentamin, pirilen va sh.k. kiradi. G. periferik qon tomirlar spazmida (obliteratsiyalovchi endarteriit), gipertoniya krizi, kauzalgiya, meʼda yarasi, bronxial astmaning baʼzi xillari va b. hollarda qoʻllanadi.